ELEMENT

ELEMENT (lotincha — dastlabki, boshlang’ich modda, materiya) — 1) yadro zaryadi hamda atom qobig’idagi elektronlar soni bir xil bo’lgan atomlar turi; 2) bir butunni tashkil etgan murakkab narsa yoki hodisaning tarkibiy qismi; 3) biror ijtimoiy guruhga mansub kishi, shaxs, unsur (masalan, reaktsion Elementlar); 4) kimyoviy reaktsiya hisobiga elektr toki hosil qiladigan tok manbai (masalan, galvanik element).