ELEMENTAR FUNKTSIYALAR

ELEMENTAR FUNKTSIYALAR — ko’phadlar, ratsional, ko’rsatkichli, darajali, logarifmik, trigonometrik, teskari trigonometrik funktsiyalar, shuningdek, bu funktsiyalardan to’rt arifmetik amal va chekli marta qo’llanilgan superpozisiyalar yordamida hosil qilinadigan funktsiyalarni o’z ichiga olgan funktsiyalar sinfi. Elementar funktsiyalar sinfi yaxshi o’rganilgan va u amaliy matematikada ko’p qo’llanadi. Elementar funktsiyalarning hosilasi hamisha Elementar funktsiyalar bo’ladi, lekin Elementar funktsiyalardan olingan integral Elementar funktsiyalar bo’lmasligi ham mumkin.