ELITIS ODISEAS
ELITIS ODISEAS (taxallusi; asl ismi Alepudelis) (1911.2.11, Krit oroli) — gresiyalik shoir. Afina universitetining huquqshunoslik fakultetida o’qigan (1930— 35). Dastlabki she’rlari demotika — jonli muloqot tilida yozilgan. Yoshlik va nurafshonlikning hissiy dunyosi kuylangan «Quyosh podshohi» (1943) asari Elitisni shodlik va ruhiy sog’lomlik kuychisi, o’z davrining ko’zga ko’ringan lirik shoiri sifatida elga tanitgan. 2-jahon urushi qatnashchisi. Urush davrida orttirgan tajribasi asosida «Alban kampaniyasida halok bo’lgan kichik leytenantga bag’ishlangan va g’amginlik qo’shig’i» (1943) nomli asari dunyoga kelgan. Asar syurrealistik uslubda yozilgan bo’lib, urush davri Gresiya yoshlari orasida keng Shuhrat qozongan. Elitis urushdan so’ng Afina radiosida ishlagan. 1948 yil Parijga borib, Sorbonna untida adabiyotdan saboq olgan, shuningdek, tasviriy san’at va san’atshunoslik bilan qiziqqan, maqolalar yozgan. Gretsiyaga qaytib, yana radioda ishlagan. «Mariya nefeli» dostoni (1978) mashhur. Nobel mukofoti laureati (1979).