ELOBOD
ELOBOD — Qoraqalpog’iston Respublikasi Qo’ng’irot tumanidagi shaharcha. Ustyurt platosi hududida joylashgan. Temir yo’l stantsiyasi (Qirqqiz). Nukus shahridan 177 kilometr. Maydoni 200 gektar. Aholisi 2655 kishi (2005). Elobod 2005 yil 16 martda Oqsho’laq shaharchasi tarkibidan chiqarilib alohida shaharcha sifatida tashkil etilgan. Umumiy ta’lim maktabi, Qo’ng’irot soda zavodi majmuasi, 2 savdo shoxobchasi, klub muassasasi, sport zali, kasalxona bor. Shaharcha hududidan Qo’ng’irot — Beynov temir yo’l o’tgan.