EMBOLIYA

EMBOLIYA (Yunoncha — tiqin) — qon tomirlariga embollar, ya’ni qon oqimi bilan kelgan zarracha (qon quyqasi va hokazolar) ning tiqilib qolishi. Ko’proq miya tomirlari tromboemboliya bilan zararlanadi. Yog’, havo, gaz, bakterial va boshqalar Emboliya farqlanadi. Yog’ Emboliyasi yirik suyaklar singanda yoki ilik yallig’langanda qon tomirlari yo’liga yog’ tomchilari tushishidan, gaz Emboliyasi qon tarkibidagi gazning qondan ajralib chiqishi natijasida ro’y beradi. Bakterial Emboliyada bakteriya yoki zamburug’lar to’plami tomirlar yo’liga tiqilib qoladi. Ichki a’zolar va harakat a’zolari Emboliyasida qon aylanishi buziladi, bu infarkt, gangrena va boshqalar kasalliklarga olib keladi. Emboliya o’pka, bronxlar travmatik jarohatlanganda ham yuzaga keladi. O’pka arteriyasi, tomirlar, miya, yurak Emboliyasi o’limga sabab bo’lishi mumkin.