EMPIRIOKRITISIZM

EMPIRIOKRITISIZM (Yunoncha — tajriba va — tanqid) — falsafiy oqim. Asoschisi — R.Avenarius, E.Max. 19-asr oxiri — 20-asr boshida paydo bo’lgan. Empiriokritisizmning asosiy mohiyati bilish jarayonida tajriba usullarini rad etishdir. Empiriokritisizm borliqni «betaraf elementlar», ya’ni sezgilar majmuidan iborat, deb hisoblaydi. Bunda tajriba sezgilardan iborat bo’lib, substantsiya, materiya sababiyat va sub’ektdan tashqarida mavjud bo’ladi. Empiriokritisizm ob’yektiv olamning mustaqil mavjudligini rad etadi, uni faqat hissiyotlarga bog’lab qo’yadi, «sof tajriba»ni targ’ib qiladi. Hozirgi vaqtda Empiriokritisizm nepozitivizm tomonidan qo’llab quvvatlanmoqda.