ENERGIYANING SAQLANISH VA AYLANISH QONUNI

ENERGIYANING SAQLANISH VA AYLANISH QONUNI — tabiatning eng muhim asosiy qonuniyatlaridan biri; unga ko’ra, har qanday berk tizimda energiya yo’qdan bor bo’lmaydi va yo’qolib ketmaydi, faqat bir turdan ikkinchi turga aylanib turadi. Berk tizimda faqat konservativ (o’zgarmas) quchlar mavjud bo’lsa, tizimning to’liq mexanik energiyasi o’zgarmas qiymatga ega bo’lib qoladi, ya’ni kinetik energiya potentsial energiyaga aylanib turadi va aksincha. Agar berk tizimda konservativ kuchlardan tashqari nokonservativ (o’zgaruvchan) kuchlar (mas, ishqalanish kuchlari) ham bo’lsa, tizimning to’liq mexanik energiyasi vaqt o’tishi bilan kamayib boradi. Natijada nomexanik energiyalar: issiqlik yoki kimyoviy, elektromagnit maydon energiyalari va boshqalar vaqt o’tishi bilan ortib boradi. Ammo energiyaning barcha turlari yig’indisi vaqt o’tishi bilan o’zgarmaydi. Tizimda sodir bo’layotgan jarayonlarning tabiatiga qarab, Energiyaning saqlanishi va aylanish qonuni turlicha ifodalanadi va matematik shaklda yoziladi. Klassik fizikada moddaning saqlanish qonuni tinch holatdagi massaning saqlanishini ifodalaydi. Xolbuki, tinch holatdagi massa saqlanmasligi mumkin, chunonchi, shunday holda annigilyasiya hodisasida ro’y beradi. (4) formuladan tinch holatda turgan jismga turli usullar bilan berilgan Le energiya jism massasining at ga ortishiga sabab bo’lishini ko’rsatadi. Barcha moddiy hodisalar uchun, ularning tabiati va xarakteridan, kattakichikligi, masshtabidan qat’i nazar, Energiyaning saqlanishi va aylanish qonuni eng asosiy qonunlardandir. Fan sohasidagi yangi g’oyalar va faktlarda ba’zan Energiyaning saqlanishi va aylanish qonunini inkor etuvchi ayrim fikrlar uchrab turgan. Chunonchi, radioaktivlik yoki remirilish xrdisalari Energiyaning saqlanishi va aylanish qonuniga qarshi kechadi degan fikrlar ham bo’lgan. Lekin masalani tegishli ravishda nazariy va eksperimental tahlil qilish natijasida Energiyaning saqlanishi va aylanish qonuni haqiqatan to’g’ri va universal qonun ekanligi aniqdandi. Elementar zarralar, galaktikalar va metagalaktikalar dunyosida ro’y beruvchi hodisalarni o’rganishda Energiyaning saqlanishi va aylanish qonuni bilan bog’liq ziddiyatlar va muammolar hozirgi zamon fizikasida har tomonlama tekshirilmoqda. Energiyaning saqlanishi va aylanish qonunidan tashqari impulsning saqlanish qonuni, impuls momentining saqlanish qonuni va elektr zaryadning saqlanish qonuni, hokazolar kattaliklarning saklanish qonunlari bor. Ularning har biri qandaydir simmetriya xususiyati bilan bog’langan. Jumladan, Energiyaning saqlanishi va aylanish qonuni vaqt simmetriyasi, vaqtning bir jinsliligi xususiyati bilan bog’langan. Abror No’monxo’jaev.