ENGL ROBERT

ENGL ROBERT (1942; Sirakuzi, NyuYork shtati) — Amerikalik iqtisodchi. Kornell universitetida fizika bo’yicha magistr (1966). 1969 yil iqtisodiyot nazariyasi (Ekonometrika) bo’yicha Doktorlik ilmiy darajasini oldi. 1969 yildan Massachusets texnologiya institutida, 1975 y.dan San-Diegodagi Kaliforniya universitetida iqtisodiyot professor. 1999 yildan Nyu-York universitetida moliyaviy xizmatlar menejmenti professor. Ilmiy ishlari turli iqtisodiy ko’rsatkichlarning uzoq muddatli o’zgarishlari qonuniyatlarini o’rganishga bag’ishlangan. U prognozlashda muayyan o’zgarishlarni ancha ishonchliroq aniqlash yo’li (AK.SN modeli)ni yaratdi, bu esa yalpi ichki mahsulot, iste’mol narxlari, foiz stavkalari, birja kurslari va boshqa iqtisodiy ko’rsatkichlarni bir necha kun yoki hafta, hatto bir yil oldin bashorat qilish imkonini beradi. Engl modelini qo’llash natijasida AQSh va Buyuk Britaniyaning tarixiy-iqtisodiy statistikasini tahlil qilishda katta aniqlikdagi prognozlar o’z isbotini topdi. Iqtisodiy ko’rsatkichlarning kutiladigan tebranishlarini aniqlash usuli katta nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Ekonometrika bo’yicha 100 dan ortiq ilmiy asarlar muallifi. Nobel mukofoti laureati (2003; K.Grenjer bilan birga).