EOSEN
EOSEN (Yunoncha — erta tong va — yangi) — paleogen sistemasi (davri)ning o’rta bo’limi. 1833 yilda ingliz geologi Ch. Layel tomonidan nomlangan. Eosendan yuqori bo’lim 1855 yil Oligosen bo’limi (epoxa) deb ajratilgan, quyi bo’lim esa 1874 yil Paleosen bo’limini hosil qilgan. Eosen quyi, o’rta va yuqori — 3 ta kichik bo’limga bo’linadi. Eosen davridagi tropik dengizlarda kichik bo’lim va zonalarni ajratishda foydalaniladigan nummulitidlar — yirik foraminiferalar rivojlangan. Eosen hayvonot dunyosining yangi shakli — sut emizuvchilarning ko’plab vujudga kelishi bilan bog’liq. O’rta Osiyoda, chunonchi Farg’ona vodiysida So’zoq (quyi Eosen), olay, Turkiston (o’rta Eosen), Rishton, Isfara, Xonobod (yuqori Eosen) qatlari ajratiladi. Eosenning yaruslarga bo’linishi mahalliy xarakterga ega. Bu bo’lim yotqiziqlari bilan neft, qo’ng’ir ko’mir, fosforit, diatomit, temir rudalari va boshqalar konlar bog’liq.