EPEYROGENEZ
EPEYROGENEZ (Yunoncha eresoya — quruqlik i …genez), epeyrogenik harakatlar — yer po’stining katta qismini strukturasi o’zgarmagan holda asta-sekinlik bilan asrlar davomida ko’tarilishi va cho’kishi. «Epeyrogenez» termini 1890 yilda amerikalik geolog G. Jilbert tomonidan kiritilib, uni orogenez terminiga qarama-qarshi qo’yilgan.