EPIDEMIYA

EPIDEMIYA (epi… va Yunoncha yeto8 — xalq) — infektsion kasalliklarning ma’lum hududda, odatdagidan ko’p tarqalishi. Endemiya Epidemiyasi va pandemiya Epidemiyasi farqlanadi. Infektsiya manbai (kasallik qo’zg’atuvchisi bilan zararlangan odam yoki hayvon), qo’zg’atuvchining yuqish sabablari, shuningdek, organizmning mazkur kasallikka beriluvchanligi uzoq vaqt saqlanganda Epidemiya vujudga keladi va davom etadi. Bunda tez kasallik o’chog’ini topib, atrofidagi aholining xavfsizligini ta’minlash, kasallik qo’zg’atuvchi mikroorganizmlarning bemorlardan sog’lom odamlarga o’tish yo’llarini bartaraf etish (masalan, o’lat Epidemiyasida kemiruvchilarni yo’qotish, bemorlarni ajratib qo’yish) va kasallikka beriluvchan kishilarni emlash choralari ko’riladi.