EPITERMAL KONLAR
EPITERMAL KONLAR (epi… va Yunoncha — issiq) — foydali qazilmalarning gidrotermal konlar sinfiga mansub, yer yuzasidan uncha chuqur bo’lmagan joylarda o’rtacha bosim va nisbatan past temperatura (200° dan kam)da hosil bo’ladigan konlar. Epitermal konlar termini amerikalik geolog V.Lindgren tomonidan (1907) kiritilgan.