EPIZOOTIYA
EPIZOOTIYA (epi — da va Yunoncha — hayvon) — hayvonlarda biror yuqumli kasallikning keng tarqalishi; kasallikning ma’lum vaqt ichida katta hududga (xo’jalik, tuman, viloyat va boshqalar) yoyilib ketishi. Epizootiya ko’rinishidagi yuqumli kasalliklarga oksil, o’lat va qoramollar peripnevmoniyasi, cho’chqa o’lati, Nyukasl kasalligi va boshqalar kiradi. Epizootiyaga qarshi kurash — infektsiya manbaini zararsizlantirish, kasal mollarni tezda ajratish, karantin e’lon qilish, emlash, mollarni to’g’ri boqish va boshqalardan iborat.