ER DENIDZU
ER DENIDZU — tarixiy-ma’muriy yodgorlik, Mongoliyadagi dastlabki budda ibodatxonasi. Xangay tog’larining Sharqiy yon bag’rida, Urxun daryosining yuqori oqimi bo’yida joylashgan. 1585 yil barpo etilgan. O’rta asrlarda Mongoliyaning eng yirik diniy va siyosiy markazi bo’lgan. 18-asrda vayron qilingan, 18-asr oxiridan ahamiyatini yo’qotgan. Ko’plab o’ziga xos minoralari (suburganlar) va darvozalari bo’lgan qadimiy ibodatxonalar saqlangan. Er Denidzu mongol me’morligining ajoyib yodgorligi. Hozirgi muzey Er Denidzu yaqinida qadimiy mo’g’ullarning poytaxti — Qoraqurum xarobalari bor.