ERENBURG ILYA GRIGOREVICH

ERENBURG ILYA GRIGOREVICH [1891.14(27).1, Kiyev 1967.31.8, Moskva] — rus yozuvchisi. 1908 yil oxiridan boshlab Parijda muhojir bo’lib yashagan. Adabiy ijod bilan shug’ullanib, «Men yashayapman» (1911), «oddiy kunlar» (1913), «bolalik» (1914), «Arafa haqida she’rlar» (1916) she’riy to’plamlarini nashr etgan. 1917 yil Fevral inqilobidan keyin Moskvaga qaytib kelgan, ammo oktyabr to’ntarishini qabul qilmagan. Uning shu davr va 20-yillar voqeligidan olgan taassurotlari «Rossiyani duo qilib» (1918), «Alanga» (1919), «Arafa», «O’ylar» (1921), «xorijdagi o’ylar», «nurab borayotgan muhabbat» (1922) va boshqalar to’plamlarida o’z aksini topgan. Erenburg 1921 yilda Berlinga muhojirlikka ketib, «Xulio Xurenito va shogirdlarining g’ayrioddiy sarguzashtlari» (1922), «Ikkinchi kun» (1933), «Parijning ishg’ol etilishi» (1940) va boshqalar romanlarini yozgan. 2-jahon urushi yillarida harbiy muxbir sifatida e’lon qilgan maqolalari bilan Shuhrat qozongan. Erenburgning «bo’ron» (1946-47), «Po’rtana» (1951-52) romanlari va «Iliqlik» (1954-55) qissasida urushdan keyingi xalqaro maydonda, shu jumladan, sovetlar mamlakatida kechgan siyosiyijtimoiy voqealar badiiy mujassamlantirilgan. Erenburgning 6 kitobdan iborat «odamlar, yillar, hayot» (1961— 65) memuar asarida 20-asr tarixining yozuvchi guvoh bo’lgan sahifalari tasvir etilgan. Erenburg 50-yillardagi «sovuq urush» yillarida tinchlik uchun olib borilgan xalqaro harakatda Jahon tinchlik Kengashi vitseprezidenti sifatida faol qatnashgan. Asarlari jahondagi ko’plab tillarga tarjima qilingan. As: Bo’ron, T., 1958; Sobranie sochineniy, t. 1-9, M., 1962-67; Stixotvoreniya, L., 1977; Letopis mujestva. Publisisticheskie stati voennmx let, M., 1974. Ad.: Trifonova T.K., Ilya Erenburg, M., 1954; Vospominaniya ob ili Erenburge, M., 1975.