ERGASHEV ABDURASHID

ERGASHEV ABDURASHID (1941.15.6, Qo’qon tumani) — xonanda (lirik-dramatik tenor), O’zbekiston xalq artisti (1988). Toshkent teatr va rassomlik san’ati institutini tugatgan (1964). Samarqand opera va balet (1992 yildan musiqali drama) teatrida yakkaxon xonanda (1964— 2001), Samarqand universiteti professor (1991 yildan). O’zbek va chet el opera hamda o’zbek musiqali dramalarida asosiy partiyalarni ijro etgan: Furqat, moni (M.Ashrafiy, «shoir qalbi», «Dilorom»), Tohir (T.Jalilov, B.Brovsin, «Tohir va Zuhra»), Farhod (V.Uspenskiy, G. Mushel, «Farhod va Shirin»), Hamid Olimjon (R.Abdullaev, «Sadoqat»), Cho’pon (S.Yudakov, «Maysaraning ishi»), Kanio (R.Leonkavallo, «Masxarabozlar»), Pinkerton (J.Puchchini, «Chiochiosan»), Asqar (U.Hojibekov, «Arshin mol olon»), Qoraxon (T.Jalilov, G.Mushel, «Ravshan va Zulxumor») va boshqalar Kontsert repertuaridan, asosan, o’zbek bastakorlari asarlari o’rin olgan (N.Hasanovning «Zuhro ishqi», «Sirdaryo», N.Ahrorovning «Olqishlagay», Sh.Akromovning «jon Samarqand», «Nigoro suhbating» va boshqalar).