ERGASHEVA BUXAJAL
ERGASHEVA BUXAJAL (1951.12.5, Yangiyo’l shahri) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (1995). Toshkent chet tillar pedagogika institutini tugatgan (1974). 1974-99 yillarda Yangiyo’l tumanidagi 33-maktabda, «Xalqobod» litsey internatda ingliz tili o’qituvchisi, litsey internat direktori, 1999 yildan Yangiyo’l shahridagi akademik litseyda ingliz tili o’qituvchisi.