ERITISH

ERITISH (metallurgiyada) — materiallar (cho’yan, po’lat, rangli metallar, shisha va boshqalar) ni maxsus pech (Eritish pechi) da qayta ishlab, suyuq holatdagi mahsulot olish jarayoni. Eritish pechi qattiq va suyuq yoqilg’i, gaz va elektr energiyasi bilan qizdiriladi. Eritish uchun xom ashyo materialni uning erish temperaturasidan yuqori temperaturagacha qizdirish kerak. Eritish natijasida suyuq holatga o’tgan metall yoki shisha maxsus qoliplarga quyiladi yoki undan biror buyum (masalan, quvur, oyna va boshqalar) tayyorlanadi. Eritish rudalardan metallar ajratib olish, qattiq yoki suyuq metall shixtanm qayta ishlash, rangli metallar, ferroqotishmalarni tozalash, qotishmalar olish, qattiq metallarni suyultirib quymalar olish va boshqalar maqsadlarda ishlatiladi.