ERLANJE (D’ERLANJE) RUDOLF
ERLANJE (D’ERLANJE) RUDOLF (1872, Bulon, Parij yaqinida — 1932.29.10, Tunis, Sidibusaid) frantsuz olimi, Yevropada musiqiy sharqshunoslik fanining asoschilaridan. 1910 yil Tunisga kelib, Arab tilini mukammal o’zlashtirgan. O’rta asr Sharq olimlari (Forobiy, Ibn Sino, Safiuddin al Urmaviy va boshqalar)ning musiqa risolalarini frantsuz tiliga tarjima qilgan, ulardagi Tabulatura yozuvlarini evropacha nota yozuviga ko’chirgan, 6 jildli «Arab musiqasi» (Parij, 1930-59) to’plamida e’lon etib, ilk bor Yevropada ilmiy muomalaga kiritgan. Erlanje yana «Shimoliy Afrika xalq qo’shiqlari» va «Tunis taronalari» to’plamlarini tuzgan.