ERLIX PAUL

ERLIX PAUL [1854.14.3, Shtrelen, Sileziya — 1915.20.8, Gamburg] — nemis vrachi, bakteriologi va biokimyogari; kimyoterapiya va immunologiya asoschilaridan biri. Breslavl, Strasburg va Leypsig universitetlarida o’qigan. Berlin klinikasi, R. Kox instituti, Shteglisdagi zardoblarni o’rganish instituti, Frankfurtmayn eksperimental terapiya instituti (1878— 1901 )da turli lavozimlarda faoliyat ko’rsatgan. 1901 yildan xavfli o’smalar ustida tadqiqot olib borgan. Immunologik reaktsiyalarning 1Kimyoviy izohi — «yon bog’lar nazariyasi»ni ta’riflab bergan. Kimyoviy terapevtik moddalarni maqsadga ko’ra sintez qilish mumkinligini isbot etgan. Zaxm kasalligini davolashda qo’llaniladigan salvarsan preparatini kashf etgan. Ilmiy ishlari onkologiya, gistologiya, gematologiyaga oid. Nobel mukofoti laureati (1908, I.I.Mechnikov bilan hamkorlikda).