ERYIGITOV TO’YCHI
ERYIGITOV TO’YCHI (1921.10.11, hozirgi Sug’d viloyati, Tojikiston — 1943.5.10, Leningrad viloyati, Rossiya Federatsiyasi) — 2-jahon urushi qatnashchisi, oddiy askar. 1064-o’qchi polki (Volxov fronti 54-armiyaning 281-o’qchi diviziyasi) avtomatchisi. Smerdinya qishlog’ini ozod etishda ko’rsatgan jasorati uchun qahramon unvoniga sazovor bo’lgan (1944 yil 21 Fevral, vafotidan so’ng). Lyuban shahri, Asht tumanidagi jamoa xo’jaligi hamda o’zi o’qigan va Toshkent shahridagi maktablarga nomi berilgan, tug’ilib o’sgan qishlog’i va Leningrad viloyatining Lyuban shahrida byusti o’rnatilgan.