ESKI YAKKABOG’

ESKI YAKKABOG’ — Qashqadaryo viloyati Yakkabog’ tumanidagi shaharcha (1989 yildan). Yaqin temir yo’l bekati — Yakkabog’. Aholisi 10,7 ming kishi (2003). Shaharchada umumiy ta’lim maktablari, kasb-hunar kolleji, avtokorxona, qurilish va sanoat korxonalari, kichik korxona va firmalar, savdo, madaniy va maishiy xizmat ko’rsatish shoxobchalari faoliyat ko’rsatadi. Kutubxona, madaniyat muassasalari, tibbiy punkt, dorixona, aloqa bo’limi bor.