ESKIMOS TILI

ESKIMOS TILI — paleoosiyo tillarining eskimosaleut guruhiga mansub til; Rossiya Federatsiyasida Chukot Muxtor okrugida va Magadan viloyatining Janubharqida, AQShda Alyaska yarim oroli va unga yaqin orollarda, Kanada va Grenlandiyaning shimol hududlarida tarqalgan. So’zlashuvchilarning umumiy soni 115 ming (AQShda — 38 ming, Kanadada — 28 ming, Grenlandiyada — 47 ming, Rossiya Federatsiyasida — 1,5 ming) kishidan iborat. Eskimos tili Grenlandiyada Orol muxtoriyatining tili, qolgan mamlakatlarda esa oddiy so’zlashuv tili hisoblanadi. Bir qancha belgilariga qo’ra o’z qarindoshi — Aleut tilidan keskin farq qiladi. Umuman Eskimos tilida 2 ta — yuit va Inuit lahjalari, Rossiya Federatsiyasidagi Eskimos tilida 3 ta — Chaplin, naukan, sirenik lahjalari ajratiladi. Ko’p asrlar mobaynida eskimoslarning ma’lum hududlar doirasidagina ajralib yashashi tufayli Eskimos tilining bir qator lahjalari mustaqil til belgilariga ega bo’lgan. Eskimos yozuvi birinchi marta Grenlandiyada 19-asr o’rtalarida (lotin grafikasi asosida), Rossiya Federatsiyasida 20-asrning 30-yillarida (1932-37 yillarda lotin grafikasi, 1937 yildan rus grafikasi asosida), AQSh va Kanadada 20-asrning 70-yillarida (lotin grafikasi asosida) shakllangan.