ESON DAVLAT BEGIM
ESON DAVLAT BEGIM (? 1505) — Mo’g’uliston (Yettisuv va Tyanshan), keyinchalik Toshkent va Sayram hokimi Yunusxon (1415-87) ning xotini. Oqila, dono va mehribon Eson Davlat begim saltanatni boshqarishda faol qatnashgan. U Yunusxondan 3 qiz ko’rgan. To’ng’ich qizi mehr Nigorxonim Movarounnahr hukmdori Sulton Ahmad Mirzo ibn Sulton Abusaid Mirzoga uzatilgan, farzand ko’rmagan. Ikkinchi qizi qutlug’ Nigorxonim (? — 1505/06, Kobul) 1475 yil Umarshayx Mirzota turmushga berilgan. Undan bir qiz (Xonzoda begim) va bir o’g’il (Bobur) ko’rgan. Kenja qizi xub Nigorxonim 1494 yil Toshkentda 10 yil davomida ko’hna Ustrushona (O’ratepa) ga hokimlik qilgan Muhammad Husayn Ko’ragonga nikoh qilingan. Xo’b Nigor-xonim 2 qiz va 2 o’g’il qo’radi. To’ng’ich o’g’li Muhammad Haydar Mirzo «tarixi Rashidiy» asarining muallifi tarzida Shuhrat topgan. Bobur Samarqandni Shayboniyxonta tashlab chiqqanda (1501) Eson Davlat begim shaharda bir muddat qolib, keyin Bobur huzuriga qarindoshuruglari bilan kelgan. Boburning yozishicha, Andijon atrofida Eson Davlat begimning bog’i bo’lib u Qo’shtegirmon deb atalgan. Ad.: Zahiriddin Muhammad Bobur, Boburnoma, T., 1960; Mirza Muhammad Xaydar, Tarixi Rashidi, T., 1996.