ETIL EFIR
ETIL EFIR, dietil efir, S 2N5OS,N5 — oddiy efirlarning muhim vakili; o’ziga xos hidli, rangsiz, uchuvchan suyuqlik. Suyuqlanish temperaturasi — 116,3°, qaynash temperaturasi 34,5°, zichligi 714 kilogramm/metr kub. Organik erituvchilarda eriydi, o’zi ham ko’pgina organik moddalarni eritadi. Etil efir rezinani shishiradi. Sanoatda etil spirtiga 140° da sulfat kislota ta’sir ettirib olinadi. Etil efir tibbiyotda umumiy narkoz (narkoz efiri) uchun, shuningdek, erituvchi sifatida ishlatiladi. Yonuvchi va portlovchi modda bo’lganligi sababli sanoatda kam qo’llanadi. Zaharli, uning havodagi miqdori 300 mg/metr kubdan ko’p bo’lmasligi kerak.