ETILENOKSID

ETILENOKSID, oksiran, 1,2 epoksietan, XV efir hidi keladigan rangsiz gaz yoki suyuqlik. Molekulyar modda 44,05. Suyuqlanish temperaturasi — 112,5°, qaynash temperaturasi 10,7°, zichligi 870 kg/m3. Suv, etanol, uglevodorodlar va boshqalar organik erituvchilarda yaxshi eriydi. 300° gacha barqaror, 400° dan yuqori temperaturada azotli aralashmasi izomerlanib atsetaldegidga aylanadi yoki etilen (Etilenoksid ko’proq bo’lsa) hosil qiladi. Kumush nitrat Ayog>Yu 3ning suvdagi eritmasida kislorod ishtirokida oksidlansa glikol kislota, oksid va kumush katalizatorligida oksidlansa S0 2 va suv, nikel katalizatori ustida 30°da gidrogenlansa etanol beradi. Etilenoksid oson polimerlanadi, inisiatorlarning tabiatiga qarab molekulyar modda turlicha bo’lgan polietilenoksid olish mumkin. Diamerlanganda 1,4 dioksan hosil bo’ladi. Sanoatda etilenni oksidlash usulida sintez qilinadi. Organik sintezning muhim mahsuloti hisoblanadi. Etilenoksid etilenglikollar, galogengidrinlar, etanolaminlar, dioksan, feniletanol, ionogensiz sirt faol moddalar ishlab chiqarishda, shuningdek, tibbiyotda asbobuskunalar, bir marta qo’llanadigan shprislarni sterilizasiya qilishda ishlatiladi. Etilenoksid — yonuvchi, portlovchi va zaharli modda. Chaqnash temperaturasi < — 18°. Teriga va shilliq pardalarga ta’sir etadi. Havodagi miqdori 1 mg/m3dan oshmasligi kerak.