ETNONIMIKA

ETNONIMIKA (etno… va Yunoncha oputa — ism, nom) — leksikologiyaning etnonimlarnn o’rganuvchi bo’limi. Etnonimika tilshunoslikning onomastika sohasi tarkibiga kiradi. Etnonimika ma’lum etnos tilidagi urug’, qabila, elat, millat va boshqalar xil etnik birliklar nomini to’plash, ularning paydo bo’lishi, nomlanishidagi asosiy motivlar, nomlarning lug’aviy tarkibi, undagi subtrat va adstrat materialning o’rni, etnonimlarning ma’no va etimologiyasi, yasalishi, etnonimik lug’atlarni tuzish tartib-qoidalari kabi muammolar bilan shug’ullanadi. O’zbek tili etnonimlarga boy bo’lib, ular negizida xalqning qadimiy totemistik tasavvurlari (bahrin, Toyloq, Lochin, qarg’a, qoraqush, Ilonli, Kaltatoy), tamg’a, maxsus belgilarga asoslanish (taroqli, to’g’ali, Qaychili, Qo’shtamg’ali, O’roqli, bolg’ali), son, miqdor tushunchalariga tayanib nomlash (ming, qirq, Mang’it, Nayman, Oltio’g’il, Beshbola, to’rtuyli, beshuyli), hajm, shakl tushunchalari (kattajuz, kichikjuz, Parchayuz), rangtus bilan bog’liq tushunchalar (Oqmang’it, oqtana, oqtelpak, Oqto’nli, Qoratelpak, Qoramang’it, Qoranayman, olako’ylak, Olato’n), etnosning ijtimoiy-siyosiy ahvoli, mavqei (beklar, beklarto’pi, boylarto’p, Mirzato’p, Malikbachcha), etnosning kasbkori (Ayronchi, kiyikchi, iyarchi, Baydoqchi, tevachi, To’nchi, Tug’chi, shotirchi, ovchi, mergan, Mirishkor), etnosning yashash joyi, urug’, qabila boshliqlarining nomlari yotishini ko’rsatadi. Turkiy Etnonimikani, jumladan, o’zbek Etnonimika.ni o’rganish ishiga taniqli turkiyshunoslar N.Aristov, V.V.Radlov, V.V.Bartold, S.P.Tolstov, S.M.Abramzon, L.V.Gumilyov, D.E.Eremeev, N.A.Baskakov, L.V.Zuev, A.N.Xanikov, B.A.Jdanko, B.X.Karmisheva, A.A.Valitova, S.Ataniyozov, D.Aytmurodov, R. G. Kuzeev; o’zbek olimlaridan Yahyo G’ulomov, B.Ahmedov, K.Shoniyozov, A.Muhammadjonov, X.Doniyorov, S.Gubaeva, T.Nafasov, A.Otajonova va boshqalar munosib hissa qo’shdilar. Etnonimika o’z tahlillarida tilshunoslikdan tashqari tarix, etnografiya, geografiya, psixologiya, dinshunoslik va boshqalar fanlarning ilmiy usullaridan ham foydalanadi. Ad.: Doniyorov X., O’zbek xalqiningshajara va shevalari, T., 1968; Etnonimn, M., 1970; Eremeev D.E., Etnonimm tyurok, M., 1971; Shaniyazov K., K etnicheskoy istorii uzbekskogo naroda, T, 1974; Aytmuradov A., Tyurkskie etnonimm, Nukus, 1986; Hasan ato Abushiy, Turkiy qavmlar tarixi, T, 1995. Ernst Begmatov.