EVENLAR

EVENLAR (o’zlarini even deb atashadi, eski nomlari — lamutlar) — Saxa Respublikasi, Magadan va Kamchatka viloyatlari, Xabarovsk o’lkasida yashovchi xalq. 17 ming kishi (1990-yillar o’rtalari). Even tilida so’zlashadi. Dindorlari shamanizmga e’tiqod qiladi. Evenlar asosan, chorvachilik, dehqonchilik bilan shug’ullanishadi.