EVFONIYA
EVFONIYA (Yunoncha — eirposha — ohangdorlik, ohangdoshlik) — nutqning ohangdorligini ta’minlovchi turli xil fonetik usullar, holatlar majmui; fonikanit tarkibiy qismlaridan. Evfoniya nutqning deyarli barcha turlari uchun xos. U nutqning talaffuzga oson, eshituvchiga yoqimli tuziladi. Evfoniya fikrning estetik go’zalligini, musiqiyligini va emotsional ta’sirchanligini ta’minlaydi, she’riy ritmning izchilligini, poetik fikrning jarangdorligini ifodalaydi. Qofiya, alliterasiya, assonans va tovush takrorlanishi Evfoniyaning usul va vositalari hisoblanadi.