EVKLAZ

EVKLAZ (Yunoncha — yaxshi, yengil va — buzilish, maydalanish) — orolli silikatlar kichik sinfiga mansub mineral. Kimyoviy tarkibi A12ve2[8YU4]2(on)2, aralashmalari: Oe, Mp, Si, ba’zan u, V, 8p R. Monoklin singoniyada kristallanadi. Rangsiz, sutrangoq, och sariq, och havo rang, yashil. Shishasimon yaltiraydi; shaffof yoki yarim shaffof. Qattiqligi 7,5, zichligi 3-3,1 g/sm3. Odatda, flyuoritfenakitbartrandit formasiyali gidrotermal konlarda uchraydi. Muskovit, kvars, flyuorit, fenakit, bertrandit bilan assosiasiyada bo’lib, ba’zan granitli pegmatitlarda hosil bo’ladi. Evklazning yirik shaffof kristallari 1-sinf qimmatbaho toshi hisoblanadi. Berill rudalarining eng asosiy komponentlaridan biri. Asosiy konlari Kolsva (Shvesiya), Altomomos (Ekvador), Kashmir (Hindiston), RF (Saxa, Baykalorti, Janubiy Ural), O’rta Osiyoda mavjud. O’zbekistonda sargardon volfram konida topilgan.