EVRIBIONTLAR

EVRIBIONTLAR (evri… va Yunoncha ‘yup1o8 — yashayotgan) — atrof muhit omillarining keng miqyosda o’zgarishi sharoitida yashay oladigan hayvonlar yoki o’simliklar. Masalan, kontinental iqlimda yashaydigan ko’pchilik quruqlik hayvonlari harorat, namlik, quyosh radiatsiyasining ancha o’zgarib turishiga chidamli. Sohil yaqinida yashovchi organizmlarga namlik, harorat va ko’pincha sho’rlanishning o’zgarishi ta’sir etadi Evribiontlik organizmlarning muhit omillarining o’zgarishiga chidamligi yoki ular ichki muhiti doimiyligi (gomeostaz)ni boshqarib turuvchi maxsus morfofiziologik mexanizmlarning bo’lishi bilan bog’liq. Masalan, poykiloterm hayvonlar haroratning ancha keng miqyosda o’zgarishiga chidamli, lekin haroratning faqat muayyan chegarasida faol hayot kechiradi. Evribiontlar stenobiontlarta nisbatan keng arealga ega.