EVRIFAGIYA
EVRIFAGIYA (evri… va Yunoncha rpaeesh — yamoq), hammaxo’rlik — hayvonlarning eng xilma-xil, ya’ni o’simlik va hayvon mahsulotlari bilan oziqlanishi. Evrifagiya ko’plab hayvon turlari, yovvoyi cho’chqa, qo’ng’ir ayiq, kulrang kalamush, qarg’alar; umurtqasiz hayvonlardan sinantrop turlar, suvaraklar, ofiuralar va boshqalarga xos. Evrifagiya hayvonlarning xilma-xil sharoitda yashashiga va arealnning kengayishiga imkon beradi.