EVRITERM ORGANIZMLAR

EVRITERM ORGANIZMLAR (evri… va Yunoncha 1eggpe — issiq) — muhit haroratining keng miqyosda o’zgarishiga chidamli, odatda, keng tarqalgan organizmlar. Evritermlilik organizmning chidamligi yoki organizm faol termoregulyasiya mexanizmlari (hayvonlarda, bundan tashqari, hatti-harakat) bilan bog’liq. Birinchi holat poykiloterm hayvonlar uchun xos bo’lib, tsitoplazmaning kimyoviy tarkibi, fermentlarning issiqlikka chidamligi, hayvonlar faolligi va tana haroratining muhit haroratiga qarab keng miqyosda o’zgarishi xususiyati bilan, ikkinchi holat ichki muhitda haroratni boshqaruvchi mexanizmlar mavjudligi bilan bog’liq. Bunday moslanish gomoyoterm hayvonlar uchun xos.