EVRITOP ORGANIZMLAR
EVRITOP ORGANIZMLAR (evri… va Yunoncha 1oro8 — joy) — xilma-xil muhit sharoitida hayot kechira oladigan va keng miqyosda ekologik chidamlilikka ega bo’lgan hayvon va o’simliklar. Evritop organizmlar areali, odatda, keng. Mas, oddiy qayin qum, loy tuproqli va moxli botqoqliklardan tortib, ba’zan dasht mintaqalarigacha tarqalgan. Dala sichqonlari dasht, o’tloq, dalalar, o’rmon chetlari va boshqalar joylarda hayot kechiradi.