EYNTXOVEN VILLEM

EYNTXOVEN VILLEM (1860.21.5, Samarang, Yava oroli — 1927.29.9, Leydin, Gollandiya) — gollandiyalik fiziolog olim. Elektroneyrofiziologiya fanining asoschilaridan. Utrext un-tini tugattan (1885), 1885 yildan Leydin universitetida professor. Asosiy ilmiy ishlari elektrofiziologiyaga oid. Eyntxoven ishlab chiqqan elektrokardiogrammalarning matematik tahlil usuli yurak elektrik reaktsiyalari mohiyatini o’rganishga birmuncha aniqlik kiritdi. Eyntxoven kashf etgan simli galvanometr (1903) klinik elektrokardiografiyani tibbiyotda qo’llashga imkon berdi. Yurak elektr oqimining uch tarmoqli ekanligi haqidagi g’oya ham Eyntxoven nomi bilan bog’liq. Eyntxoven uchburchagi deb nom olgan bu sxema elektrokardiogramma tishlari balandligining o’zgarishi va tarmoqlanishiga qarab har bir tishni va ular oraliqlarini fiziologik jihatdan tushuntirishga imkon berdi. Nobel mukofoti laureati (1924).