FAKTOR-TAHLIL

FAKTOR-TAHLIL (lot. ishlab chiqaruvchi) — ko’p o’lchovli matematik statistika usuli. U ijtimoiy obyektlar belgilari o’rtasidagi o’zaro aloqalarni o’lchash va belgilarni ana shu o’zaro aloqalar asosida turkumlashga asoslanadi. Juft korrelyasiyalar asosida faktor tahlilda yangi, yirikroq belgilar olinadi. Ana shular faktor deb ataladi.