FALSAFA VA HUQUQ INSTITUTI

FALSAFA VA HUQUQ INSTITUTI, O’zbekiston Fanlar Akademiyasi I.M.Mo’minov nomidagi falsafa va huquq instituti — falsafa va huquq fanlari sohasida ilmiy tadqiqotlar olib boruvchi muassasa. O’zbekistonda huquqiy davlatchilik va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirish, milliy istiqlol g’oyasi va uni singdirish muammolarini tadqiq etish, shu sohalarda yuqori malakali xodimlar tayyorlash intning asosiy vazifasidir. Toshkentda 1958 yilda O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Prezidiumi huzuridagi falsafa va huquq bo’limi asosida tashkil etilgan. I.M.Mo’minov institutning tashkilotchisi va birinchi direktori bo’lgan (1975 yilda institutga uning nomi berilgan). Institut olimlari 3 ta fundamental, 11 ta amaliy, 1 ta innovatsisi mavzularni tadqiq etish bilan birga, O’zbekiston Fanlar Akademiyasi fundamental tadqiqotlarni qo’llab-quvvatlash jamg’armasining 2 ta mavzui bo’yicha ilmiy ish olib bormoqda. Shuningdek, institutda milliy istiqol g’oyasi, O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish va davlat hayotini erkinlashtirish muammolari bilan bog’liq 15 ta mavzu bo’yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilayapti. Institutning falsafa bo’limlarida ajdodlarimizning falsafiy ilmiy merosini yangicha metodologik, nazariy-g’oyaviy yondashuvlar asosida tadqiq etish; milliy va umuminsoniy kqadriyatlarni o’rganish, tiklash, hayotga joriy qilish bo’yicha ilmiy tavsiyalar ishlab chiqilmoqda. Huquq bo’limlarida O’zbekistonda adolatli demokratik xuquqiy davlat qurishning asosiy tamoyillari, huquqiy davlatchilikning konstituiiyaviy asoslarini yaratish muammolari, Islom huquqshunosligi o’rganilyapti. Tadqiqotlar natijalari o’quv dasturlari, darsliklar, monografiya, risola va maqolalar tarzida chop etilmoqda. Keyingi paytda int olimlari mutaxassislar bilan birgalikda «Mustaqillik lug’ati» (22 b.t.), «Falsafa: qomusiy lug’at» (75 b.t.), «Falsafa: qisqacha izohli lug’at» (25 b.t.), «Jahon falsafasi tarixidan lavhalar», «G’arb falsafasi» va boshqa kitoblarni nashr etdi. Institutda Sharq madaniyati, falsafasini o’rganish yo’lga qo’yildi, o’zbek va Sharq xalqlari tafakkuridagi mushtaraklik va o’ziga xoslik masalalariga oid asarlar tayyorlanmoqda. Institut O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyati b-ilan hammuassislikda «Falsafa va huquq» jurnalini nashr etadi. Institutda 13 fan doktori, 20 ga yaqin fan nomzodi hamda ilmiy xodimlar ishlaydi (2004). Institut huzurida nomzodlik, doktorlik dissertatsiyalari himoyasi bo’yicha ixtisoslashgan kengash, aspirantura, doktorantura bor. Institutda O’zbekiston Fanlar Akademiyasi akademiklari M.Barashov, A.Valiev, M. Xayrullaev, Sshermuhamedov, H. Sulaymonova, muxbir a’zosi O.Eshonov va boshqalar faoliyat ko’rsatishgan.