FAMAGUSTA
FAMAGUSTA, Amoxostos — Kiprning Janubiy Sharqiy qismidagi shahar va port. Aholisi 37,7 ming kishi (2001) Savdo markazi. Oziq-ovqat va to’qimachilik sanoati korxonalari mavjud. Dengizdan baliq ovlanadi. Arxeologiya yodgorliklari muzeyi bor. Shaharga miloddan avvalgi 3-asrda asos solingan va o’sha davrda Arsinoya deb atalgan. Me’moriy yodgorliklaridan 14-16-asrlarda qurilgan shahar devori, gotika cherkovi, saroylar saqlangan.