FAN DOKTORI

FAN DOKTORI — yuqori ilmiy daraja. Dastlab izo y. Bolonya universitetida joriy etilgan bo’lib, magistrlik darajasiga ega bo’lgan o’qituvchilarga berilgan. Sobiq SSSR, jumladan, O’zbekistonda Fan Doktori ilmiy darajasi 1934 yildan boshlab joriy qilingan. Hozir Fan Doktori ilmiy darajasi dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida beriladi. AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Frantsiya va boshqa mamlakatlarda Fan Doktori ilmiy darajasini magistrlik darajasita ega bo’lgan va doktorlik dissertasiyasini himoya qilgan shaxslar olishi mumkin. O’zbekistonda Fan Doktori ilmiy darajasi oliy o’quv yurti yoki ilmiy tadqiqot muassasasi qoshidagi ixtisoslashgan ilmiy kengash taklifiga binoan, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestasiya komissiyasi Rayosati qaroriga muvofiq fan nomzodi ilmiy darajasiga ega bo’lgan, tegishli mikdorda ilmiy maqolalari va ilmiy monografiyasi bosilib chiqqan, doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan shaxslarga beriladi. Doktorlik dissertatsiyasi fan va xalq xo’jaligi rivojiga katta xissa bo’lib qo’shiladigan, dolzarb ilmiy muammoni hal qilishning original va samarali yo’llarini ko’rsatib bergan, muhim nazariy umumlashma xulosalar chiqarilgan mustaqil ilmiy tadqiqot ishi bo’lishi kerak. Fanning biror tarmogi yuzasidan yaratilgan muhim darslik yoki da’vogarning katta ilmiy qimmatga ega ilmiy yoxud ilmiy-metodik tadqiqoti ham doktorlik dissertatsiyasi sifatida taqdim etilishi mumkin. 2002 yil O’zbekistonda ilmfanning turli sohalarida 2178 Fan Doktori faoliyat yuritdi.