FAOLIYAT

FAOLIYAT (siyosiy faoliyat) — odamlar aniq maqsad yo’lida ongli ravishda o’z hayotlari, maqomlari, o’zlarini takomillashtirish maqsadida amalga oshiriladigan harakalar uyg’unligi. Siyosiy faoliyat aniq maqsadlar, nuqtai nazarlar, qarashlar, hissiyotlar va kayfiyatlar asosida amalga oshadi. Siyosiy faoliyatning asosini tashkilotlar, birinchi navbatda, partiyalar tashkil etadi. Siyosiy faoliyat turlariga boshqaruv, huquqiy, tashkiliy axborot, tashviqot-tarbiyaviy faoliyat sohalari kiradi; shakllariga hokimiyat organlarini tuzishda itirok etish saylovlar; qarorlar qabul qilishda ishtirok etish umumxalq muhokamasi, namoyishlar, petitsiyalar, ekspert xizmatlari; absentizm; muxolifat va h.k.lar kiradi; usullarini kelishuv, ixtilof, yon bosish, bitimlar tashkil etadi.