FARADA
FARADA — xalqaro birliklar tizimisida elektr sig’im birligi. Qisqacha F bilan belgilanadi. O’tkazgichdan 1 Kulon elektr zaryad miqdori o’tganda uning potentsiali 1 voltga ortsa, o’tkazgichning elektr sig’imi 1 F ga teng bo’ladi (mas, radiusi 9YU9 m ga teng, ya’ni er radiusidan 1500 marta katta radiusli shar sig’imi). Shuning uchun amalda Faradaning ulushlari mikrofarad (1 mkf=10~6F) va pikofarad (PF=10″|2F) ishlatiladi. Ingliz fizigi M. Faradey sharafiga qo’yilgan.