FARADEY MAYKL

FARADEY MAYKL (1791.22.9 London — 1867.25.8) — ingliz fizigi. kimyogari, elektromagnit maydoni ta’limoti asoschisi, London Qirollik jamiyati a’zosi (1824). Peterburg Fanlar Akademiyasi a’zosi (1830). London Qirollik jamiyati institutida assistent (1913), laboratoriya direktori (1825), kimyo kafedrasining professor (1833-62). Ilmiy ishlari elektr, magnitizm, magnitooptika va elektrokimyoga oid. Elektromagnit induktsiya hodisasi (1831), elektroliz qonunlari (1833), diamagnetizm va paramagnetizm hodisasi (1845), yorug’lik qutblanish tekisligining magnit maydonda burilishi (1845) va boshqalarni kashf etgan. Elektr zaryadining saqlanish qonunini eksperimental tasdiqlagan (1843). Faradey g’oyalari va uning ilmiy yutuqlari fizika fanining rivojlanishida muhim o’rin tutgan.