FARHOD

FARHOD — Samarqand viloyatidagi shaharcha. Zarafshon daryosining o’ng sohilida joylashgan. Samarqand shahridan 6 kilometr. Aholisi 4,8 ming kishi (2003). 1981 yilda tashkil etilgan. Samarqand shahar Kengashiga qaraydi. Farhodda temirbeton plitalar ishlab chiqarish, asfaltshag’al saralash zavodlari, O’zbekiston—Angliya—AQSh «O’zBAT» (tamaki mahsulotlari ishlab chiqariladi), O’zbekiston—Turkiya (to’qimachilik mahsulotlari ishlab chiqariladi) qo’shma korxonalari, suv xo’jaligi qurilish ta’minoti boshqarmasi, avtokorxona, zovurariqlarni tozalash mexanizatsiyalashgan birlashmasi bor. 3 umumiy ta’lim, musiqa maktablari, sport maydoni, kasalxona, poliklinika, 5 dorixona, savdo, madaniy va maishiy xizmat ko’rsatish shoxobchalari mavjud.