«FARHOD»

«FARHOD» — kechpishar shaftoli navi. R.R.Shreder nomidagi bog’dorchilik, uzumchilik va vinochilik intining Samarqand filialida geografik uzoq Elberta va kechki norunji navlarini chatishtirib yaratilgan (A.S.Cherevatenko). Daraxti 5-6 metr, shox-shabbasi keng piramidasimon. Bargi yirik, guli pushti. O’zidan changlanadi. Ko’chati o’tqazilgach, 3-yili hosilga kiradi. Mevasi sentabr 1-yarmida pishadi, yirik (150-170 gramm), dumaloq tuxumsimon, tukli, zarg’aldoq. Tarkibida 10-1 qand, 0,68% kislota bor. Po’sti oson archiladi. Eti mayin, sariq, danak atrofi qizg’ish, shirin va sal nordon, mazasi yaxshi. Danagi etidan yaxshi ajraladi. Hosilga kirgan daraxti 50— 70 kilogramm meva beradi. Yangiligida yeyiladi, qoqi va konserva qilinadi. 1959 yildan davlat reyestriga kiritilgan. O’zbekistonning hamma viloyatlarida ekiladi.