FARHOD GIDROUZELI

FARHOD GIDROUZELI – Sirdaryo o’zaniga qurilgan (1943-48) gidrotexnika inshooti. Bekobod shahri yaqinida. Farhod gidrouzeli tarkibiga to’g’on, suv ombori, Farhod eskiradi. To’g’on betonli oqova to’g’on va tuproqli to’g’ondan iborat. Betonli oqova to’gonning uzunligi 120 metr, balandligi 28,5 metr. Unga har birining eni 10 metr bo’lgan 8 ta darvoza o’rnatilgan. Maksimal suv sarfi 4430 metr kub/sekund. O’ng qismiga Dalvarzin kanali rostlagichi qurilgan (suv sarfi 69 metr kub/sekund). Tuproqli to’g’on uzunligi 28 metr, yuqori qismi eni 16,5 metr, ustiga avtomobil yo’li, chap qismiga eni 10 metr bo’lgan 7 darvozali derivatsiya kanali rostlagichi qurilgan. Rostlagichning maksimal suv sarfi 470 metr kub/sekund. To’g’on Sirdaryo suvi sathini 23,6 metrga ko’taradi va Farhod suv omborini hosil qiladi. Suv ombori uzunligi 28 kilometr, eni 250-3000 metr, hajmi 330 million metr kub, o’rtacha chuqurligi 7,2 metr, suv sathi yuzasi 46 kilometr kvadrat. Farhod gidrouzelida 1943-49 yillarda Farhod GES qurilgan. Farhod gidrouzelidan Do’stlik kanali va Janubiy Mirzacho’l kanali boshlanadi.