FATHXON
FATHXON (1778-1818) afg’on xoni, barakzoylar qabilasi sardori. Mahmudning Afg’oniston shoqi bo’lishiga 2 marta (1801 va 1809 yillarda) yordamlashgan. Mahmud davrida (1801 — 03, 1809-18) vazir sifatida katta mavqega ega bo’lgan. Fathxon davlatni markazlashtirish siyosatini yurgizgan, Barakzoy zodagonlarining ta’sirini mustahkamlashga intilgan. Mahmudshohning o’g’li Komron Fathxonning ta’siri kuchayib ketishidan xavfsirab, shuningdek, otasining Barakzoy zodagonlaridan noroziligidan foydalanib Fathxonni qo’lga olib, ko’ziga mil tortgan va zindonband qilgan. Keyinchalik shohning buyrug’i bilan Fathxon qatl etilgan.