FAXR SEKSTANTI
FAXR SEKSTANTI (sudey faxr) — yoyi aylananing 1/6 qismini tashkil etgan va gradus, minut hamda sekundlarga taqsimlangan, diametri 20 metrli qadimgi meridian asbob. Aylananing markazida diametri 15 santimetr bo’lgan dioptr (tuynuk) joylashgan. Faxr sekstanti yoyi dioptr markazidan tushirilgan perpendikulyar asosidan shimol tomonga qarab joylashgan. Yoyga perpendikulyar bo’lgan asos yoy shkalasining hisob boshi qilib olingan. Faxr sekstanti 11-asr boshlarida astronom va matematik Abu Mahmud Homid ibn alxidir alxujandiy tomonidan ixtiro kilingan. U ilk bor mazkur asbobning yoyini yer tagiga tushirish tugrisida fikr bildirdi. Uning bu fikrini Samarqandda yoyining radiusi 40,2 metr bo’lgan kvadrantini qurishda Ulug’bek amalga oshirdi. Unda yoyning yarmi yer tagiga tushirilgan edi.