FAXRIY UNVON

FAXRIY UNVON — O’zbekiston Respublikasida fuqarolarning alohida xizmatlarini yuksak e’tirof etish shakllaridan biri. Fuqarolarni mehnatdagi xizmatlari, samarali davlat, ijtimoiy va ijodiy faoliyatlari uchun ularni rag‗batlantirish maqsadida beriladi. Masalan, «O‘zbekiston qaxramoni», «Buyuk xizmatlari uchun», «Jasorat», «Amir Temur», «Do‘stlik» va h.k. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga ko’ra, davlat mukofotlari va unvonlarini ta’sis etish O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Mutlaq vakolatlari jumlasiga kiradi. O‗zbekiston Respublikasining malakaviy va Faxriy unvonlarini berish O’zbekiston Respublikasining Prezidenti vakolatiga kiradi.