FAYZ

FAYZ, Ahmad Fayz (1911.13.2, Siyolkat — 1984.27.11) — Pokiston shoiri, tanqidchi va jamoat arbobi. Siyolkat (1917-29) va Loxur (192934) kollejlarida tahsil olgan. 1972 yildan Pokiston san’ati milliy Kengashining raisi. «Pakistan tayme» («Pakistan», 1947-51; 1955-58), «imroz» («Imros», 1948-51; 1955-58) gazetalarida bosh muharrir. 1950 yilda Jahon tinchlik Kengashining a’zoligiga saylangan va shu yili «Ravalpindi fitnasi» ishtirokchisi sifatida ayblanib, qamoqqa olingan. 1955 yilda ozod qilingan. Urdu va Panjob tillarida ijod qilgan. Fayz lirikasida insoniy his-tuyg’ular, chuqur falsafiy mushohadalar hamda siyosiy masalalar muhim o’rin tutadi. U she’riyatning g’azal, qasida, marsiya va boshqa janrlarida ijod qilgan. Fayz «G’amginlar» (1941), «shamol qo’li» (1952), «Zindonnoma» (1957), «tosh ostida qolgan qo’l» (1963), «Sinay vodiysi» (1971) she’riy to’plamlari, qamoqdan yozilgan xatlardan iborat «panjarali tuynuk» (1971) kitobi va boshqa asarlar muallifi. Dehlida o’tgan Osiyo yozuvchilari 1-konferentsiyasi (1956), Osiyo va Afrika yozuvchilarining Toshkent (1958) hamda Olmaota (1973) konferentsiyalari qatnashchisi. Ayrim asarlari o’zbek tiliga tarjima qilingan. «Nilufar» mukofoti laureati (1975).