FAYZOBOD

FAYZOBOD — Afg’onistonning shimoliy Sharqiy qismidagi shahar, Kukcha daryosi bo’yida. Badaxshon viloyatining ma’muriy markazi. Aholisi 148,5 ming kishi (2003). Mamlakatning bosh avtomobil halqa yulidagi savdotransport markazi. Qishloq xo’jalik mahsulotlari (teri, jun, g’alla) qayta ishlanadi. Fayzoboddan janubrokda lojuvard qazib olinadi.